Yosh olimlar 4-jild 59-son (2026) · 99–101-betlar

QISHLOQ XO‘JALIGIDA TUPROQ UNUMDORLIGI VA MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI SIFATINI OSHIRISHNING INNOVATSION USULLARI

Baxodirova, Marjonaxon, Karimova, Sardora, O‘ktamova, Mubinabonu

DOI: 10.5281/zenodo.20760287 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishi va antropogen omillar ta’sirida qishloq xo‘jaligi yerlarining degradatsiyaga uchrashi, sho‘rlanishi va unumdorlik darajasining pasayishi kabi dolzarb muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotning bosh maqsadi — tuproqning ekologik va biologik holatini yaxshilash hamda eksportbop meva-sabzavot mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini oshirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat. Maqolada raqamli dehqonchilik, intellektual yer osti tomchilatib sug‘orish tizimlari hamda tuproq mikroflorasini boyituvchi mikrobiologik bio-o‘g‘itlar kabi gibrid texnologiyalarning samaradorligi ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, resurs tejamkor agrotexnologiyasi va siderat ekinlarni almashlab ekish orqali tuproq tarkibidagi gumus miqdorini tabiiy tiklash yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ushbu innovatsion yechimlarning kompleks ravishda joriy etilishi tuproq unumdorligini 30–40% gacha oshirish, mineral o‘g‘itlar sarfini kamaytirish va mahsulot tarkibidagi nitratlar miqdorini minimal darajaga tushirib, ularning ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Maqola yakunida respublika agrar sektorini modernizatsiya qilish va fermer xo‘jaliklarida innovatsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

tuproq unumdorligianiq dehqonchilikbio-o‘g‘itlartomchilatib sug‘orishmeva-sabzavot sifatigidroponikaekologik toza mahsulot.tuproq unumdorligianiq dehqonchilikbio-o‘g‘itlar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.