Yosh olimlar 4-jild 59-son (2026) · 132–135-betlar
OROL INQIROZI. GLOBAL IQLIM OʻZGARISHI VA UNING OQIBATLARI
Xolboyeva, Marjona
DOI: 10.5281/zenodo.20772681 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada yigirmanchi asrning eng yirik ekologik fojialaridan biri — Orol dengizining qurishi va uning global iqlim oʻzgarishiga koʻrsatayotgan prognozlashtirilgan taʼsiri tahlil qilinadi. Muallif dengiz sathining kamayishi natijasida hosil boʻlgan "Orolqum" sahrosining mintaqa mikroiqlimiga, fasllarning keskinlashuviga va anomal harorat koʻtarilishiga taʼsirini dalillar asosida yoritadi. Maqolada qurigan tubdan koʻtarilayotgan zaharli tuz va qum boʻronlarining Markaziy Osiyo togʻlaridagi muzliklarning erishini tezlashtirayotgani, bioxilma-xillikning yoʻqolishi hamda aholi salomatligiga yetkazayotgan jiddiy zararlari tizimli ravishda oʻrganilgan. Orol inqirozi nafaqat mintaqaviy muammo, balki sayyoraviy iqlim barqarorligiga tahdid solayotgan ekologik zanjir sifatida baholanadi. Shuningdek, maqola yakunida salbiy oqibatlarni yumshatishga qaratilgan global va milliy harakatlar, xususan, Orol tubini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan "yashil qoplamalar" loyihalarining ahamiyati hamda kelajakdagi ekologik strategiyalar tahlil etilgan.
Orol inqiroziiqlim oʻzgarishiOrolqum sahrosiekologik fojiatuz boʻronlarimuzliklarning erishiMarkaziy Osiyomikroiqlimyashil qoplamabarqaror rivojlanish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.