Yosh olimlar 4-jild 59-son (2026) · 136–143-betlar
TOLKIEN VA ROWLING ASARLARIDA YAXSHILIK VA YOVUZLIKNING MIFOLOGIK MODELI: QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLIL
Nurmatova, Madina
DOI: 10.5281/zenodo.20772685 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada J.R.R.Tolkien (Jon Ronald Ruel Tolkien)ning The Lord of the Rings ("Uzuklar hukmdori") hamda J.K.Rovling (Joan Ketlin Rowling)ning Harry Potter ("Garri Potter") asarlarida yaxshilik va yovuzlikning mifologik modeli qiyosiy-tipologik yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotda mifologik dualizm, arxetip nazariyasi va qahramon modeli asosiy nazariy tayanch sifatida qo‘llanildi. Tahlil natijalari Tolkien va Rowling asarlarida yaxshilik va yovuzlik qarama-qarshiligi umumiy mifologik ildizlarga ega ekanligini, biroq ushbu modelning badiiy talqinida sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. Tolkienda yovuzlik kosmik va tashqi kuch sifatida tasvirlansa, Rowling asarlarida u insonning axloqiy tanlovi va ruhiy buzilishi bilan bog‘liq holda talqin qilinadi. Tadqiqot zamonaviy fantaziya adabiyotida mifologik obrazlarning transformatsiyasi va axloqiy konsepsiyalarning qayta talqin qilinishini yoritadi.
mifologik modelyaxshilikyovuzlikarxetipdualizmTolkienRowlingfantaziya adabiyoti.mifologik modelyaxshilik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.