Yosh olimlar 4-jild 2-son (2026) · 68–70-betlar

MINTAQA IQTISODIYOTINING BARQAROR RIVOJLANISHIDA TURIZM SOHASINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Toshev, Nurbek

DOI: 10.5281/zenodo.18220697 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada mintaqa iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda turizm sohasining iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari ilmiy-nazariy va metodologik jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida turizm samaradorligini baholashning kompleks yondashuvi ishlab chiqilgan bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ko‘rsatkichlar uyg‘unligi asosida metodologik model taklif etiladi. Qashqadaryo viloyati misolida hududiy turizm faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinib, samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalar shakllantirilgan. Tadqiqot natijalari mintaqaviy turizm siyosatini takomillashtirish va hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda qo‘llash uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

mintaqa iqtisodiyoti, barqaror rivojlanish, turizm samaradorligi, metodologiya, indikatorlar tizimi, hududiy rivojlanish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.