Yosh olimlar 4-jild 60-son (2026) · 129–131-betlar
RAQAMLI PLATFORMALAR VA IJTIMOIY MEDIA TARMOQLARINING TURIZM SOHASIDA ISTE’MOLCHI HARAKATLARIGA TA’SIR MEXANIZMLARI
Jumayev, Bobomurod Nurmaxmat о‘g‘li
DOI: 10.5281/zenodo.20931092 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasining rivojlanishi raqamli platformalar va ijtimoiy media tarmoqlarining ta’sir doirasini sezilarli darajada kengaytirib, iste’molchi harakatlarining shakllanishi va yo‘nalishini belgilab beruvchi asosiy omillardan biriga aylantirdi. An’anaviy axborot manbalariga tayangan holda qaror qabul qilish amaliyoti o‘rnini raqamli muhitda shakllanayotgan ko‘p manbali, interaktiv va dinamik axborot maydoni egallab, turistlarning turizmga oid tanlovlari ko‘p jihatdan platformalar algoritmlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi kontent ta’sirida amalga oshirilmoqda. Bu holat turizm sohasida iste’molchi harakatlarini tahlil qilishda raqamli platformalar va ijtimoiy medianing o‘zaro bog‘liq ta’sir mexanizmlarini ilmiy jihatdan o‘rganish zaruratini yuzaga keltiradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.