Yosh olimlar 4-jild 60-son (2026) · 163–165-betlar

NO‘XAT NAVLARINING DON SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA EKISH MUDDATI VA SXEMASINING TA’SIRI

Abdiyev, Anvar, Jabborov, Farrux

DOI: 10.5281/zenodo.21029618 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

No‘xat - qimmatli oziq-ovqat o‘simligi bo‘lib, doni oqsilga boy va xushbo‘yligi bilan ajralib turadi, shuningdek u inson va chorva mollari oziqlanishida muhim o‘rin egallaydi hamda iqlim sharoitiga nisbatan chidamli ekinlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida no‘xatning Zumrad va Malxotra navlarida ekish muddati hamda ekish sxemalarining don sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, no‘xat doni tarkibidagi oqsil va moy miqdori asosan navning biologik xususiyatlari va ob-havo sharoitiga, shuningdek, ekish muddati va sxemasiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Erta ekish muddati (10-15 fevral) don tarkibida oqsil miqdorining yuqori bo‘lishini ta’minlagan bo‘lsa, kechikkan muddatlarda bu ko‘rsatkich pasaygan. Eng maqbul natijalar 60x9x1 ekish sxemasida kuzatilib, unda don tarkibidagi oqsil va moy miqdori hamda gektaridan olinadigan oqsil va moy hosili yuqori bo‘lgan.

No‘xatnavekish muddatiekish sxemasioqsilmoyhosildorlikdon sifatiagrotexnikaZumrad navi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.