Yosh olimlar 4-jild 61-son (2026) · 29–33-betlar
BOJXONA KO‘RIGINING HUQUQIY ASOSLARI, AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARI VA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARi
Hamroyev, Ulug‘bek, Abduraxmanov, Zafar
DOI: 10.5281/zenodo.21059849 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi, xalqaro savdo hajmining keskin o‘sishi va transchegaraviy harakatlanuvchi tovar oqimlarining murakkablashuvi sharoitida bojxona nazorati tizimi oldida turgan vazifalar ham murakkablashmoqda. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalarining qonuniy aylanishini ta’minlash, kontrabanda, giyohvand moddalar, qurol-yarog‘ va boshqa taqiqlangan tovarlarning mamlakat hududiga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biridir. Mazkur vazifani amalga oshirishda bojxona nazoratining eng muhim va samarali shakllaridan biri – bojxona ko‘rigidir. Bojxona ko‘rigini o‘tkazish tartibini takomillashtirish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarga moslashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.