Yosh olimlar 4-jild 61-son (2026) · 40–43-betlar

ASHTARXONIYLAR DAVRI TARIXIGA DOIR HUJJATLARNI O‘RGANISH VA O‘RGATISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Mahmudov, Mirsaid

DOI: 10.5281/zenodo.21093662 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada Ashtarxoniylar davri tarixiga oid yozma manbalar va tarixiy hujjatlarni umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning metodik asoslari tahlil qilingan. Tarixiy hujjatlar bilan ishlash jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilib, “Venn diagrammasi”, “Klaster”, “Baliq skeleti”, “Insert”, “FSMU” va “Tarixiy hujjat tahlili” metodlarining samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, Ashtarxoniylar davri tarixini o‘qitishda o‘quvchilarning tarixiy tafakkuri, tanqidiy fikrlashi va manbalar bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Ashtarxoniylartarixiy hujjattarix ta’limiinterfaol metodlartarixiy tafakkurmanbashunoslikpedagogik texnologiyalar.Ashtarxoniylartarixiy hujjattarix ta’limi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.