Yosh olimlar 4-jild 61-son (2026) · 81–84-betlar
ICHKI MONOLOG VA PSIXOLOGIK TASVIR VOSITALARI ORQALI SHAXSIY KURASH IFODASI
Mavluda, O‘rolova
DOI: 10.5281/zenodo.21152088 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada badiiy adabiyotda inson kontseptsiyasi, xususan, asar qahramonining ichki dunyosi, uning ma’naviy-ruhiy ziddiyatlari va shaxsiy kurashlarini yoritishda ichki monolog hamda psixologik tasvir vositalarining tutgan o‘rni va evolyutsion ahamiyati tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida inson ongi va onghostining murakkab qatlamlari, subyektiv kechinmalar, shuningdek, modernistik adabiyotning muhim unsuri hisoblangan “ong oqimi” uslubining badiiy matndagi funksional-stilistik xususiyatlari jahon va o‘zbek adabiyoti namunalari qiyosiy tahlili misolida yoritilgan. Maqolada qahramonning o‘z-o‘zi bilan olib borgan shafqatsiz va pinhona kurashi orqali badiiy asarning umumfalsafiy g‘oyasini hamda yozuvchi niyatini ochib berish mexanizmlari tizimli ravishda tahlilga tortilgan.
Badiiy psixologizmichki monologpsixologik tasvirshaxsiy kurashong oqimiruhiy parallelizmsubyektiv idrokbadiiy xarakter dinamikasiekzistensial inqirozdialektik nutq.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.