Yosh olimlar 4-jild 61-son (2026) · 93–97-betlar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA STRESS VA XAVOTIRLANISH HOLATLARINING PSIXOLOGIK OMILLARI

Mamayusupova, Iroda, Xolmirzayeva, Mohinabonu

DOI: 10.5281/zenodo.21192802 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kuzatiladigan stress va xavotirlanish holatlarining asosiy psixologik omillari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi 7–10 yoshli o‘quvchilarda maktab stressining namoyon bo‘lish darajasi va uni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotga 1–4-sinf o‘quvchilaridan 45 nafar bola jalb etilib, moslashtirilgan so‘rovnoma, kuzatish va o‘qituvchilar bilan suhbat metodlaridan foydalanildi. Natijalarga ko‘ra, o‘quvchilarning katta qismida baholanishdan qo‘rqish, obro‘sizlanishdan xavotirlanish hamda oila tomonidan yuqori natija kutish bosimi eng ustuvor stress omillari sifatida namoyon bo‘ldi, alohida 1-sinf o‘quvchilarida maktabga moslashuv davriga bog‘liq umumiy xavotirlilik yuqori darajada qayd etildi.

stressxavotirlanishboshlang‘ich sinf o‘quvchisimaktab moslashuvibaholanishdan qo‘rqishpsixologik omillar.stressxavotirlanishboshlang‘ich sinf o‘quvchisimaktab moslashuvi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.