Yosh olimlar 4-jild 62-son (2026) · 26–30-betlar
SUN’IY INTELLEKTNING O’ZBEK TILSHUNOSLIGI VA TA’LIMIGA TA’SIRI: IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Norqulova, Zarnigor
DOI: 10.5281/zenodo.21215081 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining o’zbek tilshunosligi va ta’lim tizimiga ko’rsatayotgan ta’siri ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt asosida ishlovchi tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing), avtomatik tarjima, nutqni tanish, matn yaratish va tahlil qilish texnologiyalarining o’zbek tili rivojiga qo’shayotgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalaridan o’zbek tilini o’qitish jarayonida foydalanishning afzalliklari, jumladan, ta’lim sifatini oshirish, individual ta’limni yo’lga qo’yish, o’quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarini rivojlantirish masalalari ko’rib chiqiladi. Maqolada mazkur texnologiyalarni qo’llash jarayonida uchrayotgan muammolar, xususan, o’zbek tilidagi raqamli resurslarning yetarli emasligi, axborot xavfsizligi, akademik halollik va sun’iy intellektdan foydalanish madaniyati bilan bog’liq masalalar ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida sun’iy intellektdan oqilona va samarali foydalanish o’zbek tilshunosligi hamda ta’lim tizimining rivojlanishiga xizmat qilishi, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirishi va zamonaviy ta’lim muhitini takomillashtirishga hissa qo’shishi asoslab beriladi.
sun’iy intellekto’zbek tilshunosligita’lim texnologiyalaritabiiy tilni qayta ishlash (NLP)raqamli ta’limChatGPTmashina tarjimasinutqni tanishelektron ta’limkorpus lingvistikasi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.