Yosh olimlar 4-jild 62-son (2026) · 33–35-betlar

OCT TEXNOLOGIYASINING OFTALMOLOGIYADAGI DIAGNOSTIK AHAMIYATI

Toshtemirova, Kumushxon, Abdurazzoqov, Xurshidbek

DOI: 10.5281/zenodo.21216026 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda optik koherent tomografiya (Optical Coherence Tomography – OCT) texnologiyasining oftalmologiyada diagnostik ahamiyati, qo‘llanilish sohalari va zamonaviy klinik amaliyotdagi o‘rni yoritilgan. OCT invaziv bo‘lmagan, yuqori aniqlikdagi tasvirlash usuli bo‘lib, to‘r parda, makula, ko‘ruv nervi va oldingi ko‘z segmenti tuzilmalarini qatlamma-qatlam baholash imkonini beradi. Mazkur usul glaukoma, diabetik retinopatiya, yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasi, makula shishi va boshqa retinal kasalliklarni erta tashxislash hamda ularning dinamikasini kuzatishda muhim diagnostik vosita hisoblanadi. Tezisda OCT texnologiyasining ishlash prinsipi, klinik afzalliklari, boshqa diagnostik usullarga nisbatan ustun jihatlari hamda davolash samaradorligini baholashdagi ahamiyati zamonaviy ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. OCT texnologiyasidan samarali foydalanish ko‘z kasalliklarini erta aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va bemorlarni davolash sifatini oshirishga xizmat qiladi.

optik koherent tomografiyaOCToftalmologiyaretinamakulaglaukomadiabetik retinopatiyako‘ruv nervidiagnostikaretinal kasalliklar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.