Yosh olimlar 4-jild 62-son (2026) · 36–38-betlar
QURUQ KO'Z SINDROMINI DAVOLASHDA ZAMONAVIY TERAPIYA USULLARI
Toshtemirova, Kumushxon, Abdurazzoqov, Xurshidbek
DOI: 10.5281/zenodo.21216028 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu tezisda quruq ko‘z sindromini davolashda qo‘llanilayotgan zamonaviy terapiya usullarining klinik samaradorligi va amaliy ahamiyati yoritilgan. Quruq ko‘z sindromi ko‘z yoshi plyonkasining beqarorligi, ko‘z yuzasining yallig‘lanishi va ko‘z yoshi sekretsiyasining buzilishi bilan kechadigan keng tarqalgan oftalmologik kasallik hisoblanadi. Tezisda sun’iy ko‘z yosh preparatlari, yallig‘lanishga qarshi dori vositalari, autolog zardob va trombotsitlarga boy plazma (PRP) terapiyasi, ko‘z yoshi nuqtalarini okklyuziya qilish hamda boshqa zamonaviy davolash usullarining afzalliklari va qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, bemorlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks davolash yondashuvining klinik natijalarni yaxshilashdagi o‘rni yoritilgan. Zamonaviy terapiya usullaridan oqilona foydalanish quruq ko‘z sindromi simptomlarini kamaytirish, ko‘z yuzasi regeneratsiyasini tezlashtirish va bemorlarning hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi.
quruq ko‘z sindromiko‘z yoshi plyonkasisun’iy ko‘z yoshautolog zardobPRP terapiyasiyallig‘lanishga qarshi davolashregenerativ tibbiyotoftalmologiyako‘z yuzasi kasalliklarizamonaviy terapiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.