Yosh olimlar 4-jild 62-son (2026) · 67–71-betlar
CHET TILLARDAN O‘ZLASHGAN SO‘ZLAR VA ULARNING O‘ZBEKCHA MUQOBILLARI: SEMANTIK ANIQLIK MASALALARI
Abdujabborova, Sarvinoz
DOI: 10.5281/zenodo.21240313 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada chet tillardan (rus, ingliz, fransuz, nemis, arab, fors va boshqalar) o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlar va ularga taklif etilgan o‘zbekcha muqobillarning semantik aniqlik masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy muammosi – o‘zlashma leksikani milliy muqobillar bilan almashtirish jarayonida denotativ, konnotativ va pragmatik jihatdan ekvivalentlikka erishish qiyinchiliklaridir. Material sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayonnomasiga ilova qilingan rasmiy ro‘yxatdagi o‘zlashma so‘zlar va ularning o‘zbekcha muqobillari, shuningdek, kundalik muloqot, ommaviy axborot vositalari va badiiy adabiyotdan olingan misollar asos qilib olingan. Maqolada quyidagi masalalar yoritilgan: o‘zbekcha muqobillarning asl so‘z ma’nosini saqlash darajalari (to‘liq, qisman yoki umuman); so‘z yasalish modellari (qo‘shma so‘z, yasama so‘z, sinonimik qator); muqobillarning terminologik barqarorligi va real nutqda qabul qilinish holati; hamda tarjima va leksikografiyada yuzaga keladigan amaliy muammolar. Ana shu masalalarning yoritilishi maqolaning asosiy mazmunini tashkil etadi.
o‘zlashma leksikao‘zbekcha muqobilsemantik aniqlikdenotativ ma’nokonnotativ farqparagmatik ekvivalentlikterminologik standartlashtirishso‘z yasalish modellarileksikografiyatil siyosati
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.