Yosh olimlar 4-jild 62-son (2026) · 76–79-betlar
GLOBALLASHUVNING INGLIZ VA O‘ZBEK TILI LEKSIKASIGA TA’SIRI
Mamasodiqova, Manzura
DOI: 10.5281/zenodo.21253986 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada globallashuv jarayonining ingliz va o‘zbek tillari leksik tizimiga ko‘rsatayotgan ta’siri qiyosiy-tipologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar va xalqaro iqtisodiy-madaniy aloqalarning kuchayishi tufayli ikkala tilda ham yangi leksik birliklarning, xususan, o‘zlashma so‘zlar va neologizmlarning faol shakllanayotgani ko‘rsatib berilgan. Maqolada ingliz tilining lingua franca sifatidagi mavqeyi, o‘zbek tiliga inglizcha o‘zlashmalarning kirib kelish yo‘llari va usullari, shuningdek, bu jarayonning ijobiy va salbiy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida internet-texnologiyalar, IT sohasi, moda, sport va ommaviy madaniyat sohalaridagi konkret misollar asosida leksik o‘zlashtirish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan hamda milliy til sofligini saqlash bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yo‘llari taklif etilgan.
globallashuvleksikologiyao‘zlashma so‘zlarneologizmlingua francatilning boyishimilliy til sofligiijtimoiy tarmoq leksikasi.globallashuvleksikologiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.