Yosh olimlar 4-jild 62-son (2026) · 80–87-betlar
DATA SCIENCE TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Abduxalilov, Otabek
DOI: 10.5281/zenodo.21253990 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada telekommunikatsiya tarmoqlarining samaradorligini baholashda Data Science texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda katta hajmdagi tarmoq ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va bashoratlash jarayonlarida zamonaviy Data Science usullarining afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, mashinali o‘qitish algoritmlari, statistik modellashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining tarmoq yuklamasi, xizmat ko‘rsatish sifati (QoS), tarmoq ishonchliligi va resurslardan foydalanish samaradorligini baholashdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari telekommunikatsiya operatorlari faoliyatida ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish, tarmoq nosozliklarini oldindan prognozlash hamda infratuzilma resurslarini optimallashtirish imkoniyatlarini kengaytirishi ko‘rsatib berilgan.
Data Sciencetelekommunikatsiya tarmoqlariBig Datasun’iy intellektmashinali o‘qitishtarmoq samaradorligiQoSKPIbashoratli tahliloptimallashtirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.