Yosh olimlar 4-jild 62-son (2026) · 93–94-betlar

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O’QUVCHILARNING YOZMA NUTQ MADANIYATINI XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Sariqboyeva, Zulfiya

DOI: 10.5281/zenodo.21261477 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning yozma nutq madaniyatini PISA va PIRLS kabi xalqaro baholash dasturlari talablari asosida rivojlantirish masalalari yoritilgan. Maqolada an’anaviy insho va bayon yozish metodikasining xalqaro baholash mezonlariga mos kelmaydigan jihatlari tahlil qilingan, matn yaratish jarayonini bosqichma-bosqich tashkil etish, yozma ishlarni rubrika asosida baholash, hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Muallifning fikricha, o‘quvchilarning yozma nutqini xalqaro andozalar darajasiga olib chiqish faqat metodika, baholash va pedagog tayyorgarligi masalalarini bir butun tizim sifatida qarash orqali amalga oshirilishi mumkin.

yozma nutqyozma ifoda madaniyatiPISAPIRLSfunksional savodxonlikmatn yaratish ko‘nikmalaribaholash mezonlari (rubrika)pedagogik texnologiyaona tili ta’limikompetensiyaviy yondashuv.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.