Yosh olimlar 4-jild 22-son (2026) · 89–91-betlar
TAFAKKUR TURLARI, XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH JARAYONI
Mamadaminov, Shohjaxon, Samadov, Jonibek
DOI: 10.5281/zenodo.19387713 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon. Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat. Ushbu maqolada, tafakkur nima ekanligini, uning turlari, xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.
Tafakkur, jarayon, nutq, rivojlanish, xususiyat, psixologik holat, tafakkur qonuniyatlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.