Yosh olimlar 4-jild 62-son (2026) · 133–136-betlar

ANTIK DUNYO VA MAHALLIY MADANIYATLAR SINTEZI

Turdiyeva, Aziza, Jumayev, Mustafo

DOI: 10.5281/zenodo.21331353 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada antik dunyo — qadimgi Yunoniston va Rim sivilizatsiyasi — bilan Markaziy Osiyoning mahalliy mintaqaviy madaniyatlari, xususan, Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazm o‘lkalarining o‘zaro aloqasi, madaniy sintez jarayonlari tahlil qilinadi. Iskandar Zulqarnayn yurishlaridan boshlab, Yunon-Baqtriya podsholigi, So‘g‘diyona va Kushon imperiyasi davrigacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarda ellinistik va mahalliy an’analarning o‘zaro ta’siri, san’at, me’morchilik, din va yozuv sohalaridagi sintez namunalari yoritiladi. Ayniqsa, hozirgi Termiz va uning atrofidagi arxeologik yodgorliklar — Ayritom, Fayoztepa, Qoratepa kabi manzilgohlar misolida ushbu jarayon konkret dalillar asosida ko‘rsatib beriladi.

antik dunyoellinizmmahalliy madaniyatBaqtriyaSo‘g‘diyonaKushon imperiyasimadaniy sintezGandxara san’atiBuyuk ipak yo‘liTermiz.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.