Yosh olimlar 4-jild 62-son (2026) · 170–173-betlar

FE’LLARNING SAHIH VA MU’TALL TURLARI MISOL, AJVAF, NAQIS, LAFIF MISOLIDA

Orifxonova, Soliha, Raximjanov, Masrur

DOI: 10.5281/zenodo.21372631 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada arab tili sarf ilmidagi fe’llarning sahih (الصحيح) va mu’tall (المعتل) turlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda sahih fe’llarning solim, muzaaf va mahmuz kabi kichik guruhlari hamda mu’tall fe’llarning misol, ajvaf, naqis va lafif turlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, mu’tall fe’llarda uchraydigan i’lol hodisasi, uning qalb, hazf va iskon kabi asosiy ko‘rinishlari misollar orqali izohlangan. Maqolada mujarrad va mazid fe’llar tizimining sahih hamda mu’tall tasnifi bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinib, ularning morfologik xususiyatlari va tasrif jarayonidagi o‘zgarishlari ko‘rsatib berilgan. Bundan tashqari, mazkur mavzuning arab tilini o‘qitish metodikasidagi ahamiyati, talabalarda morfologik kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rni hamda amaliy nutqda eng ko‘p uchraydigan mu’tall fe’llarni o‘qitishning samarali usullari haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot natijalari arab tili fe’llar tizimini chuqur o‘zlashtirishda sahih va mu’tall fe’llarning o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

arab tilisarf ilmife’lsahih fe’lmu’tall fe’lsolimmuzaafmahmuzmisolajvaf

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.