Yosh olimlar 4-jild 63-son (2026) · 54–59-betlar

BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISHNI TA’MINLASHDA TASHQI OMILLARNING TA’SIRINI BAHOLASH

Ergasheva, Dilnoza

DOI: 10.5281/zenodo.21428450 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada globallashuv sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga tashqi iqtisodiy omillarning ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar, geosiyosiy vaziyatning beqarorligi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi tendensiyalarning milliy iqtisodiyotga ta’sirini baholash zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqotda statistik, qiyosiy va tahliliy usullardan foydalanilib, iqtisodiy o‘sish, tashqi savdo, xorijiy investitsiyalar hamda tashqi qarz ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Tahlil natijalari eksport tarkibini diversifikatsiya qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi muhim omillar ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, tashqi qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbati va uning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri baholandi. Tadqiqot yakunida iqtisodiyotning tashqi zarbalarga bardoshliligini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish hamda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

barqaror iqtisodiy rivojlanishtashqi iqtisodiy omillareksportimportyalpi ichki mahsulotxorijiy investitsiyalartashqi qarzmakroiqtisodiy barqarorlikiqtisodiy o‘sishgloballashuv.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.