Yosh olimlar 4-jild 63-son (2026) · 66–70-betlar
MIGRATSION SHAROITDA QADRIYATLAR TIZIMINING PSIXOSOTSIAL REKONSTRUKSIYASI
Umarova, Shohida
DOI: 10.5281/zenodo.21449996 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada chet elda mehnat faoliyatini olib borib, Oʻzbekistonga qaytgan migrantlarda qadriyatlar tizimining psixosotsial rekonstruksiyasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Migratsiya jarayonida shaxsning ijtimoiy tajribasi, madaniy muhiti va hayotiy qarashlarida yuz beradigan o‘zgarishlar uning qadriyatlar tizimiga bevosita ta'sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Shuningdek, qaytgan migrantlarning oilaviy, milliy va ijtimoiy qadriyatlarni qayta anglash jarayoni, ularning psixologik moslashuvi hamda jamiyatga reintegratsiyalashuvining psixosotsial mexanizmlari yoritilgan. Muallif tomonidan qadriyatlar tizimining psixosotsial rekonstruksiyasi shaxsning yangi ijtimoiy tajribalar asosida qadriyatlarni qayta baholashi, milliy identifikatsiyasini tiklashi va jamiyat bilan yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishi jarayoni sifatida talqin etiladi.
migratsiyaqaytgan migrantqadriyatlar tizimipsixosotsial rekonstruksiyaijtimoiy moslashuvoilaviy qadriyatlarmilliy identifikatsiyareintroduksiyaakkulturatsiyareintegratsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.