Yosh olimlar 4-jild 63-son (2026) · 82–84-betlar
QORAQALPOQ FOLKLORI VA AN’ANAVIY TURMUSHIDA GILAMCHILIK SEMANTIKASI HAMDA UNING IJTIMOIY-MADANIY AHAMIYATI
Naurizbaeva, Nurjamal
DOI: 10.5281/zenodo.21466603 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Qoraqalpoq xalqining an’anaviy madaniyati utilitar-maishiy va ma'naviy-ramziy unsurlarning o‘zaro uzviy bog'liqligi (sinkretizmi) bilan ajralib turadi. Etnik o‘zlikni anglash, estetik dunyoqarash va axloqiy me’yorlarning eng yorqin ifodachilaridan biri sifatida gilamchilik san’ati alohida o‘rin tutadi. Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi turmush tarzida gilam va to‘qima buyumlar shunchaki ro‘zg'or ashyosi emas, balki oilaning ijtimoiy maqomini, o‘zaro aloqa va axloq tizimini namoyon etuvchi o‘ziga xos ramziy belgi (kommunikativ kod) vazifasini bajargan. Ushbu tadqiqotda qoraqalpoq folklori, maqol-matni, marosim she’riyati va etnografik materiallari asosida gilam semantikasi hamda unga oid atamalarning ijtimoiy-madaniy mohiyati tahlil qilinadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.