Yosh olimlar 4-jild 63-son (2026) · 91–96-betlar

MADANIY LANDSHAFTLAR IJTIMOIY IDENTIFIKATSIYA OMILI SIFATIDA: FARG‘ONA VA XORAZM REGIONLARINING QIYOSIY-GEOGRAFIK TAHLILI

Sobirova, N. J.

DOI: 10.5281/zenodo.21503358 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekistonning turli regionlarida, xususan Farg‘ona vodiysi va Xorazm viloyatidagi madaniy landshaftlarning ijtimoiy identifikatsiyani shakllantirishdagi roli o‘rganiladi. Madaniy landshaft inson faoliyati va tabiiy muhitning o‘zaro ta’sirida shakllangan fazoviy tuzilma bo‘lib, aholining milliy o‘zlik hissi, ijtimoiy birlashuv va madaniy merosni saqlashni ta’minlaydi. Farg‘ona vodiysida Rishton sopolchiligi, Marg‘ilon ipakchiligi va qadimiy oazislar, Xorazmda esa Ichan-Qal’a ansambli, irrigatsiya tizimlari va Lazgi raqsi tahlil qilinadi. UNESCO ro‘yxatidagi ob’ektlar va turizm ta’siri orqali zamonaviy o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi.

madaniy landshaftijtimoiy identifikatsiyaFarg‘ona vodiysiXorazmmadaniy meroshunarmandchilikturizm ta’siriUNESCOnomoddiy merosbarqaror rivojlanish

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.