Yosh olimlar 4-jild 63-son (2026) · 144–147-betlar

“1992–1993-YILLARDA NAVOIY VILOYATIDA IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL VA AHOLINI QOʻLLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI”

Parmonov, Husan

DOI: 10.5281/zenodo.21676190 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada 1992–1993-yillarda Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari arxiv hujjatlari va rasmiy me’yoriy-huquqiy manbalar asosida tadqiq etilgan. Tadqiqotda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichida viloyatda yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar, aholini ijtimoiy himoya qilish, bandlikni ta’minlash, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, urush faxriylari, qariyalar va ko‘p bolali onalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologik xavfsizlik, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat ta’minoti hamda chekka hududlarni zarur mahsulotlar bilan ta’minlash borasida viloyat hokimligi tomonidan qabul qilingan qarorlarning mazmuni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Navoiy viloyatida amalga oshirilgan ijtimoiy siyosat iqtisodiy islohotlar davrida ijtimoiy barqarorlikni saqlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini himoya qilish va hududning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda muhim omil bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Navoiy viloyati1992–1993-yillarijtimoiy-iqtisodiy ahvolijtimoiy siyosataholini ijtimoiy himoya qilishbozor iqtisodiyotibandlikkam ta’minlangan oilalarnogironlarnafaqaxo‘rlar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.