Yosh olimlar 4-jild 64-son (2026) · 41–44-betlar
INSON QADRI-QIMMATINING HUQUQIY IFODASI: XALQARO VA MILLIY HUQUQDA SHAXSIY, IQTISODIY, IJTIMOIY, EKOLOGIK HAMDA MADANIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR
Axmadov, Sherzod, Murodova, Elmira
DOI: 10.5281/zenodo.21786178 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqola inson qadri-qimmati tushunchasining zamonaviy huquqiy doktrinadagi oʻrni va uning xalqaro hamda milliy qonunchilikdagi transformatsiyasini tadqiq etishga bagʻishlangan. Tadqiqot davomida inson qadri-qimmati shunchaki axloqiy kategoriya emas, balki shaxsning fundamental huquqlari — shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va madaniy erkinliklarining huquqiy asosi ekanligi tahlil qilinadi. Maqolada yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari boʻyicha belgilangan yangi standartlar, xususan, "ijtimoiy davlat" tamoyilining amaliy ifodasi va ekologik huquqlarning inson hayoti sifatini ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy nuqtayi nazardan yoritilgan. Shuningdek, xalqaro huquqiy hujjatlar va milliy huquq tizimi oʻrtasidagi bogʻliqlik, inson qadrini himoya qilishning institutsional mexanizmlari boʻyicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Inson qadriijtimoiy davlatijtimoiy adolatekologik barqarorlikmadaniy identifikatsiya va konstitutsiyaviy islohotlar.Inson qadriijtimoiy davlatijtimoiy adolatekologik barqarorlikmadaniy identifikatsiya va konstitutsiyaviy islohotlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.