Yosh olimlar 4-jild 64-son (2026) · 45–52-betlar
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HOMILADORLIK VA BOLA PARVARISHI TA'TILIDA BO'LGAN XODIMLAR BILAN MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHNING HUQUQIY MUAMMOLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLAR
To'ymurodova, Kibriyo
DOI: 10.5281/zenodo.21786455 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida homiladorlik va bola parvarishi ta'tilida bo'lgan xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning huquqiy asoslari, amaldagi mehnat qonunchiligi hamda uni qo'llash amaliyoti tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mehnat shartnomasini bekor qilishga oid milliy qonunchilik normalari, homilador va bola parvarishi ta'tilidagi xodimlarga berilgan huquqiy kafolatlar hamda ularni qo'llashda uchraydigan amaliy muammolar o'rganildi. Shuningdek, Germaniya, Fransiya, Turkiya va Qozog'istonning mehnat qonunchiligi qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinib, ularning ijobiy tajribasi O'zbekiston qonunchiligi bilan solishtirildi. Tadqiqot natijasida homiladorlik va bola parvarishi ta'tilida bo'lgan xodimlarning mehnat huquqlarini yanada samarali himoya qilish, mehnat nizolarining oldini olish hamda mehnat qonunchiligini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tadqiqot natijalari mehnat huquqi sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish hamda qonunchilikni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
mehnat shartnomasimehnat huquqihomilador ayolbola parvarishi ta'tilimehnat shartnomasini bekor qilishxodim huquqlarimehnat nizolarimehnat kafolatlarimehnat kodeksiO'zbekiston Respublikasi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.