Yosh olimlar 4-jild 64-son (2026) · 53–59-betlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PLATFORMA MEHNATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

To'ymurodova, Kibriyo

DOI: 10.5281/zenodo.21786459 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida platforma mehnatini huquqiy tartibga solishning nazariy va amaliy masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda platforma mehnati tushunchasi, uning huquqiy tabiati, platforma operatori hamda platforma orqali ishlovchi shaxslarning huquqiy maqomi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi mehnat qonunchiligi tahlil qilinib, platforma mehnatini tartibga solishda mavjud huquqiy bo‘shliqlar va amaliy muammolar aniqlangan. Yevropa Ittifoqi, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQSh tajribasi qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganilib, ularning ijobiy jihatlarini milliy qonunchilikka tatbiq etish imkoniyatlari baholangan. Tadqiqot yakunida platforma mehnatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, platforma orqali ishlovchi shaxslarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini mustahkamlash hamda mehnat qonunchiligini zamonaviy xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

platforma mehnatiplatforma operatoriplatforma xodimimehnat huquqimehnat shartnomasiraqamli iqtisodiyotalgoritmik boshqaruvijtimoiy himoyamehnat qonunchiligiqiyosiy-huquqiy tahlil

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.