Yosh olimlar 4-jild 64-son (2026) · 103–106-betlar

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TURIZM KORXONALARINING INVESTITSION RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Tirkachev, Shaxzodbek

DOI: 10.5281/zenodo.21838844 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida turizm korxonalarining investitsion rivojlanish istiqbollari, ularning investitsion jozibadorligini oshirishga ta'sir etuvchi omillar hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarning investitsiya jarayonlaridagi o‘rni tadqiq etilgan. Tadqiqotda turizm sohasida raqamlashtirishning investitsiya faoliyatiga ta'siri, innovatsion boshqaruv mexanizmlari, raqamli platformalar, sun'iy intellekt, Big Data, bulutli texnologiyalar va elektron tijorat vositalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, turizm korxonalarining investitsion salohiyatini oshirish, investitsiya risklarini kamaytirish hamda investitsiya resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlovchi tashkiliy-iqtisodiy yondashuvlar asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiya sharoitida turizm korxonalarining barqaror rivojlanishini ta'minlash, ularning raqobatbardoshligini oshirish va investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

raqamli transformatsiyaturizm korxonalariinvestitsion rivojlanishinvestitsion jozibadorlikinvestitsiya samaradorligiraqamli texnologiyalarsun'iy intellektBig Dataelektron tijoratinnovatsion boshqaruv

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.