Yosh olimlar 4-jild 65-son (2026) · 12–22-betlar
SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINI EKSPERTIZADAN O’TKAZISH MASALALARI
Akmaldinov, Yahyobek
DOI: 10.5281/zenodo.21871301 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ma’lumki, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlarida raqamli texnologiyalar, ayniqsa sun’iy intellekt tizimlari hamda dasturlarining jadal sur’atda rivojlanib borishi davlat boshqaruvi hamda davlat huquqiy faoliyatining qonunlarni ijod qilishga bo’lgan norma ijodkorligi sohasiga ham sezilarli darajada ta’sir ko’rsatmoqda. Norma ijodkorligi faoliyatining tizimlashuvi, normativ-huquqiy hujjatlar sonining kundan kunga ortib borishi hamda ushbu hujjatlarning sifati va amaliy ta’siriga nisbatan qo’yilayotgan talablarning ortib borishi normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ekspertizadan o’tkazishning zamonaviy, o’ziga xos va samarali usullarini jotiy etish masalasini kun tartibiga olib chiqmoqda. Normativ-huquqiy hujjat loyihalarini turli xil ekspertizalardan (huquqiy, lingvistik, korrupsiyaga qarshi va hakazo) o’tkazish norma ijodkorligi faoliyatining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.