Yosh olimlar 4-jild 65-son (2026) · 28–31-betlar
SOLIQ XAVFINI BOSHQARISHDA AVTOMATLASHTIRILGAN QARORLARNING HUQUQIY ASOSLARI: XAVFLI SOLIQ TOʻLOVCHILARNI ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH MASALALARI
Fayzullayeva, Ruxshona
DOI: 10.5281/zenodo.21884077 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tezisda soliq xavfini boshqarish, xavfli soliq toʻlovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash hamda soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazishning avtomatlashtirilgan qarorlarga asoslangan huquqiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 137-141-moddalarida mustahkamlangan soliq nazorati shakllari va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «Soliq ma’muriyatchiligi 3.0» konsepsiyasi asosida risk asosida tekshiruv obyektlarini tanlash mexanizmi oʻrganildi. Xorijiy sud amaliyoti (Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, Slovakiya) misolida avtomatlashtirilgan risk tizimlarini joriy etish uchun aniq vakolat beruvchi normaning zarurligi asoslab berilib, Oʻzbekiston qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
Soliq xavfini boshqarishavtomatlashtirilgan qarorxavfli soliq toʻlovchisoliq tekshiruvirisk asosida tanlashvakolat asosialgoritmik shaffoflikSoliq ma’muriyatchiligi 3.0 modeli.Soliq xavfini boshqarishavtomatlashtirilgan qaror
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.