Yosh olimlar 4-jild 65-son (2026) · 65–67-betlar

ABDUQAYUM YO’LDOSHEV ASARLARIDA O’QUVCHIGA ESTETIK TA’SIRNING LINGVOPOETIK MEXANIZMLARI

Nodirova, Maftuna

DOI: 10.5281/zenodo.21918881 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Badiiy matnning eng muhim vazifalaridan biri o'quvchida estetik ta'sir uyg'otishdir. Ushbu ta'sir, avvalo, tilning obrazli, emotsional va ekspressiv imkoniyatlari orqali yuzaga keladi. Lingvopoetika badiiy matnda qo'llanilgan til birliklarining estetik vazifasini, ularning matn mazmuni va o'quvchi tafakkuriga ko'rsatadigan ta'sirini o'rganuvchi yo'nalish hisoblanadi. Shu jihatdan badiiy asarda qo'llangan leksik, frazeologik va sintaktik vositalarning tahlili muallifning individual uslubini hamda o'quvchiga estetik ta'sir mexanizmlarini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. N. Mahmudov tilni milliy tafakkur va madaniyatning ifodachisi sifatida baholab, badiiy matnda til vositalarining estetik imkoniyatlarini alohida ta'kidlaydi. [1.86-b] D. Xudoyberganova esa til birliklari xalqning madaniy qadriyatlari va dunyoqarashini o'zida mujassamlashtirishini qayd etadi. [2.92-b] Mazkur nazariy qarashlar A. Yo'ldoshev asarlarining lingvopoetik xususiyatlarini tahlil qilish uchun metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.