Yosh olimlar 4-jild 61-son (2026) · 130–134-betlar
YARASHTIRISH MUNOSABATI BILAN JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISH INSTITUTI: NAZARIYA VA AMALIYOT MUAMMOLARI
Gulomov, Abdulaxadxon
DOI: 10.5281/zenodo.21927645 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66¹-moddasida nazarda tutilgan yarashtirish munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining ijtimoiy-huquqiy tabiati, kelib chiqish tarixi, shartlari va uning huquqni qo‘llash amaliyotidagi o‘ziga xos xususiyatlari kompleks tahlil qilingan. Shuningdek, jabrlanuvchi va ayblanuvchi o‘rtasidagi yarashuv jarayonining protsessual kafolatlari, zararning qoplanishi va uning mezonlari, hamda prokuror, tergov va sud organlarining ushbu institutni qo‘llashdagi diskresion vakolatlari va amaliyotda uchrayotgan muammolar ilmiy asosda o‘rganilib, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan konseptual takliflar ishlab chiqilgan.
Yarashtirish, javobgarlikdan ozod qilish, jabrlanuvchi, yarashuv arizasi, tergov amaliyoti, jinoyat kodeksi, protsessual kafolatlar, restorativ adolat, ma’naviy zarar, jabrlanuvchining manfaatlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.