Yosh olimlar 4-jild 65-son (2026) · 134–138-betlar

QUYOSH FOTOELEKTRIK TIZIMLARIDA QISMAN SOYALANISHNING ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA'SIRI VA UNI KAMAYTIRISH USULLARI

Buronova, Sevinch

DOI: 10.5281/zenodo.21973406 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada quyosh fotoelektrik (FEM) tizimlarida qisman soyalanish hodisasining energiya ishlab chiqarish samaradorligiga ta'siri fizik-texnik jihatdan tahlil qilingan. Qisman soyalanish sharoitida modul ichidagi hujayralar orasida yuzaga keladigan tok nomutanosibligi (mismatch), "issiq nuqta" (hot-spot) effekti, quvvat-kuchlanish xarakteristikasining ko'p cho'qqili (multi-peak) shakli va standart maksimal quvvat nuqtasini kuzatish (MPPT) algoritmlarining noto'g'ri ishlashi kabi muammolar ko'rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu salbiy ta'sirlarni kamaytirish maqsadida qo'llaniladigan zamonaviy usullar — bypass diodlar sonini optimallashtirish, modul darajasidagi quvvat elektronikasi (quvvat optimizatorlari va mikroinvertorlar), global MPPT algoritmlari, tizimni loyihalash bosqichidagi soyalanish tahlili hamda panellarni oqilona joylashtirish strategiyalari tizimli tarzda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari qisman soyalanish muammosini kompleks yondashuv orqali hal etish FEM tizimlarining umumiy energiya samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilishini ko'rsatadi.

fotoelektrik tizim, qisman soyalanish, mismatch yo'qotishlari, hot-spot effekti, bypass diod, MPPT, quvvat optimizatori, mikroinvertor, energiya samaradorligi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.