Yosh olimlar 4-jild 65-son (2026) · 145–148-betlar

AKADEMIK RAHIMA AMINOVA: HAYOTI, ILMIY MEROSI VA O‘ZBEK TARIXSHUNOSLIGIDAGI O‘RNI

Abdullayev, Bekzod

DOI: 10.5281/zenodo.21996057 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston tarixshunosligining XX asrdagi shakllanishi va rivojlanishida akademik Rahima Aminovaning tutgan o‘rni har tomonlama tahlil qilingan. Maqolada olimaning hayot yo‘li, ilmiy shakllanish jarayoni, iqtisodiy tarix, sanoat taraqqiyoti, agrar siyosat va ayollar harakati bo‘yicha olib borgan izlanishlari chuqur ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Jumladan, Aminovaning arxiv manbalari bilan ishlash tajribasi, tarixiy jarayonlarni kompleks tahlil qilish metodologiyasi, sovet davridagi iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga bergan ilmiy baholari alohida o‘rin egallaydi. Shuningdek, uning ilmiy maktabi, shogirdlari va O‘zbekiston tarixshunosligiga qo‘shgan nazariy-amaliy hissalari ham tadqiq qilingan. Tadqiqot natijalari Rahima Aminovaning o‘zbek tarixshunosligidagi o‘rni ulkan ilmiy qadriyatlarga tayanishini ko‘rsatib, uning ilmiy merosi bugungi tarixiy tadqiqotlar uchun muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qilishini isbotlaydi.

Rahima Aminova; O‘zbekiston tarixshunosligi; iqtisodiy tarix; sanoat taraqqiyoti; agrar siyosat; kollektivlashtirish; ayollar harakati; gender tarix; ilmiy maktab; tarixiy metodologiya; arxiv manbalari; ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.