Yosh olimlar 4-jild 65-son (2026) · 149–151-betlar

QUYI AMUDARYO BIOSFERA REZERVATI SUTEMIZUVCHILARINING MAVSUMIY BIOEKOLOGIK O‘ZGARISHLARI

Baymuxanova, Gulshad

DOI: 10.70413/yo-v04-i65-p1-037 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada Quyi Amudaryo biosfera rezervatida uchraydigan sutemizuvchilarning yil fasllari davomida kuzatiladigan bioekologik o‘zgarishlari tahlil qilingan. Bahor, yoz, kuz va qish mavsumlarida hayvonlarning oziqlanishi, sutkalik faolligi, ko‘payishi, hududiy taqsimlanishi va yashash muhitidan foydalanish xususiyatlari yoritilgan. Harorat, suv rejimi, o‘simlik qoplami va oziqa resurslarining mavsumiy o‘zgarishi sutemizuvchilarning ekologik moslanishlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslangan. Buxoro bug‘usining mavsumiy biologiyasi rezervat to‘qay ekotizimining holatini ifodalovchi muhim ko‘rsatkich sifatida alohida tahlil qilingan. Shuningdek, sutemizuvchilar populyatsiyalarini saqlashda mavsumiy monitoring va yashash muhitlarini muhofaza qilishning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

Quyi Amudaryo biosfera rezervati, sutemizuvchilar, mavsumiy o‘zgarishlar, bioekologiya, suv rejimi, biologik xilma-xillik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.