Yosh olimlar 4-jild 65-son (2026) · 152–156-betlar
SHARQ VA G‘ARB TARIXIY PEDAGOGIK KONSEPSIYALARI QIYOSIY TAHLILI ASOSIDA ALFA AVLOD TARBIYASINING ZAMONAVIY PARADIGMALARINI SHAKLLANTIRISH
Axmedova, Shahzodaxon
DOI: 10.70413/yo-v04-i65-p1-038 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Sharq va G‘arb tarixiy pedagogik konsepsiyalarining qiyosiy tahlili asosida raqamli davrda tug‘ilib o‘sayotgan Alfa avlod (2010-yildan keyin tavallud topgan bolalar) tarbiyasining zamonaviy paradigmalarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Forobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib va Abdulla Avloniy kabi Sharq mutafakkirlarining “komil inson” konsepsiyasi hamda Komenskiy, Russo, Pestalozzi va Dyuining G‘arb pedagogik g‘oyalari qiyoslanadi, ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijasida Sharqning axloqiy-ma’naviy yo‘nalganligi bilan G‘arbning bolani faol subyekt sifatida tan olish tamoyilini uyg‘unlashtiruvchi integrativ tarbiyaviy model taklif etiladi.
Sharq pedagogikasi, G‘arb pedagogikasi, qiyosiy tahlil, komil inson, Alfa avlod, raqamli tarbiya, integrativ paradigma, milliy qadriyatlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.