Yosh olimlar 4-jild 15-son (2026) · 56–67-betlar

AVTOTRANSPORT VOSITALARINING BAHOLASH QIYMATIGA TA’SIR ETUVCHI ICHKI VA TASHQI OMILLARNI INTEGRAL BAHOLASH MODELI

Norqobilov, Jahongir

DOI: 10.70413/yo-v04-i15-p1-006 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada avtotransport vositalarining baholash qiymatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni tizimli o‘rganish hamda ularni yagona integral ko‘rsatkich asosida baholash masalalari yoritilgan. Tadqiqotda transport vositasining texnik holati, foydalanish intensivligi, jismoniy va funksional eskirishi, ekspluatatsion xarajatlari kabi ichki omillar, shuningdek, bozor kon’yunkturasi, talab va taklif, narxlar dinamikasi hamda tashqi iqtisodiy sharoitlarning qiymat shakllanishiga ta’siri tahlil qilingan. Ushbu omillarning o‘zaro bog‘liqligi asosida integral baholash modelini shakllantirishning metodologik asoslari taklif etilgan. Taklif qilinayotgan yondashuv avtotransport vositalarining baholash qiymatini aniqlashda ko‘p omilli ta’sirlarni kompleks hisobga olish va baholash natijalarining asoslanganligini oshirishga xizmat qiladi.

avtotransport vositasi, baholash qiymati, ichki omillar, tashqi omillar, integral baholash, texnik holat, bozor kon’yunkturasi, eskirish, kompleks yondashuv.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.