Yosh olimlar 4-jild 66-son (2026) · 52–59-betlar

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI SHAROITIDA MEDIATSIYANI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Abdullaev, Bahodir

DOI: 10.70413/yo-v04-i66-p1-033 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi sharoitida mediatsiyani rivojlantirishning dolzarb muammolari ijtimoiy falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Mediatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy funksiyalari, uning nizolarni hal etish, ijtimoiy ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Tizimli, aksiologik, qiyosiy, fenomenologik va institutsional yondashuvlar asosida mediatsiya samaradorligi huquqiy baza bilan bir qatorda professional tayyorgarlik, mediativ madaniyat, institutsional ishonch va tomonlarning ixtiyoriy ishtirokiga bog‘liqligi asoslanadi.

mediatsiya, nizo, ijtimoiy funksiya, iqtisodiy funksiya, siyosiy dialog, mediativ madaniyat, ijtimoiy hamkorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.