Yosh olimlar 4-jild 66-son (2026) · 60–68-betlar
RAQAMLI AXBOROT MUHITIDA ISHONCHLI MA’LUMOTNI ANIQLASH: AXBOROTNI BAHOLASH MEZONLARI VA TANQIDIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Akmalova, Iroda
DOI: 10.70413/yo-v4-i66-56361 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli axborot muhitida ishonchli ma’lumotni aniqlash, axborot manbalarini baholash mezonlari va yoshlar orasida tanqidiy tafakkurni rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda axborot oqimining ortishi bilan birga yolg‘on, chalg‘ituvchi va manipulyativ ma’lumotlar ham keng tarqalmoqda. Shu sababli axborotning manbasi, muallifi, sanasi, dalillari va boshqa mustaqil manbalar bilan mosligini tekshirish muhimdir. Maqolada manbaning ishonchliligi, dolzarbligi, aniqligi, xolisligi va dalillarga asoslanganligi kabi mezonlar yoritiladi. Shuningdek, dezinformatsiya, faktcheking va lateral o‘qish usullarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot yakunida yoshlarning axborot savodxonligini oshirish va mustaqil tekshirish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
raqamli axborot, ishonchli axborot, axborot savodxonligi, media savodxonlik, tanqidiy tafakkur, dezinformatsiya, faktcheking, lateral o‘qish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.