Yosh olimlar 4-jild 66-son (2026) · 80–81-betlar
OILAVIY ZO‘RAVONLIKKA UCHRAGAN AYOLLARNING PSIXOEMOTSIONAL HOLATIDA IJTIMOIY STIGMANING NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI
Dumarova, Gulfira
DOI: 10.70413/yo-v4-i66-56421 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tezisda oilaviy zo‘ravonlikka uchragan ayollarning psixoemotsional holatida ijtimoiy stigmaning namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilinadi. Oilaviy zo‘ravonlik ayolning nafaqat jismoniy, balki ruhiy va ijtimoiy farovonligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi murakkab ijtimoiy-psixologik muammo hisoblanadi. Zo‘ravonlikdan keyingi davrda jamiyatning salbiy munosabati, ayolni ayblash, uning boshidan kechirganlarini inkor etish yoki “oilani saqlab qolish” mas’uliyatini faqat ayol zimmasiga yuklash kabi holatlar ijtimoiy stigmaning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Natijada ayollarda o‘zini past baholash, uyat, aybdorlik, xavotir, ijtimoiy izolyatsiya va o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi kuzatiladi. Tezisda ushbu jarayonlarning psixologik xususiyatlari va ularni bartaraf etishning ayrim yo‘nalishlari yoritilgan.
oilaviy zo‘ravonlik, ijtimoiy stigma, psixoemotsional holat, o‘zini baholash, xavotir, depressiv holat, aybdorlik, ijtimoiy izolyatsiya, psixologik yordam.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.