Yosh olimlar 4-jild 66-son (2026) · 82–86-betlar
SUYUQ DORI SHAKLLARINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING BARQARORLIGINI TA’MINLASH
Kocherova, Umida, Usmonova, Malika
DOI: 10.70413/yo-v4-i66-56423 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada suyuq dori shakllarining farmatsevtik texnologiyadagi o‘rni, ularni tayyorlashning asosiy texnologik bosqichlari va tayyor mahsulot barqarorligini ta’minlash masalalari yoritilgan. Suyuq dori shakllari dori moddalarining eritma, suspenziya yoki emulsiya ko‘rinishida qo‘llanilishiga imkon beradigan dori shakllaridan bo‘lib, amaliy farmatsiyada keng qo‘llanadi. Ularning texnologik afzalliklari bilan bir qatorda, fizik, kimyoviy va mikrobiologik barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolari ham mavjud. Maqolada eritmalar, suspenziyalar va emulsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularni tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar, texnologik jarayonlarning ketma-ketligi hamda sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tamoyillari tahlil qilinadi. Shuningdek, dori moddasining eruvchanligi, zarracha o‘lchami, muhit pH ko‘rsatkichi, harorat, yorug‘lik, kislorod, namlik va mikroorganizmlar ta’sirining suyuq dori shakllari barqarorligiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Qadoqlash, saqlash va bemorga berish jarayonlarida farmatsevtning mas’uliyati ham alohida ta’kidlanadi. Suyuq dori shakllarini to‘g‘ri texnologik asosda tayyorlash dori vositasining xavfsizligi, sifati va terapevtik samaradorligini saqlashning muhim sharti hisoblanadi.
suyuq dori shakllari, eritma, suspenziya, emulsiya, farmatsevtik texnologiya, barqarorlik, yordamchi moddalar, sifat nazorati, qadoqlash, saqlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.