Yosh olimlar 4-jild 66-son (2026) · 109–112-betlar

MUAMMOLI KREDITLARNI UNDIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA SUDGACHA BO‘LGAN CHORALARNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Djamalov, Gʻofir

DOI: 10.70413/yo-v4-i66-56513 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda tijorat banklari faoliyatida muammoli kreditlarni (NPL) undirish samaradorligini oshirish, kredit yo‘qotishlarini (LGD) minimallashtirish va aktivlar aylanmasini jadallashtirishda sudgacha bo‘lgan choralarni takomillashtirishning nazariy-uslubiy hamda amaliy istiqbollari tadqiq etilgan. Tranzaksion xarajatlar iqtisodiyoti, o‘yinlar nazariyasi va muzokaralar muvozanati konsepsiyalariga tayangan holda, an’anaviy sud-ijro mexanizmlarining yuqori vaqt va moliyaviy xarajatlari sharoitida sudgacha undiruv vositalarining (soft collection, mediatsiya, garovni ixtiyoriy realizatsiya qilish, qarzni tarkibiy qayta ko‘rib chiqish) iqtisodiy afzalliklari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida erta ogohlantirish tizimlari (EWS), sun’iy intellektga asoslangan xulq-atvor skoringi, notarial ijro mexanizmlari hamda qarzni undirishning xalqaro standartlari (London Approach, INSOL) tahlil qilingan. Olingan natijalar asosida sudgacha bo‘lgan huquqiy-moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirish, mediatsiya institutini bank amaliyotiga institutsional integratsiyalash va qarzdorlar bilan o‘zaro manfaatli bitimlar tuzish orqali bank tizimi barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan PhD darajasidagi ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Muammoli kreditlar (NPL), sudgacha undiruv, kredit tavakkalchiligi, mediatsiya, Loss Given Default (LGD), Recovery Rate, tranzaksion xarajatlar, garovni ixtiyoriy realizatsiya qilish, erta ogohlantirish tizimi (EWS), kollektorlik faoliyati.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.