Yosh olimlar 4-jild 66-son (2026) · 113–115-betlar

AHOLINING MOLIYAVIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TO‘LOV XIZMATLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Vaxabov, Bobur

DOI: 10.70413/yo-v4-i66-56514 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida aholining moliyaviy savodxonligini yuksaltirishda raqamli to‘lov xizmatlarining tutgan o‘rni, funksional imkoniyatlari va institutsional ahamiyati tadqiq etilgan. Inson kapitali nazariyasi, xulq-atvor iqtisodiyoti hamda moliyaviy vositachilik konsepsiyalariga tayangan holda, mobil to‘lov platformalari, shaxsiy moliyaviy boshqaruv (PFM) vositalari, avtomatlashtirilgan jamg‘arish mexanizmlari va kiberxavfsizlik protokollarining iste’molchilar moliyaviy xulq-atvoriga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli to‘lov ilovalaridan kundalik foydalanish «amaliyot orqali o‘rganish» (learning-by-doing) effektini faollashtirib, aholining byudjetlashtirish intizomini mustahkamlaydi, ortiqcha qarz yuki xavflarini minimallashtiradi va milliy moliya tizimining inklyuziv barqarorligini ta’minlashda kuchli multiplikativ samara beradi.

Moliyaviy savodxonlik, raqamli to‘lov xizmatlari, FinTech, xulq-atvor iqtisodiyoti, shaxsiy moliyaviy boshqaruv (PFM), moliyaviy inklyuzivlik, kiberxavfsizlik, turtki nazariyasi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.