Yosh olimlar 4-jild 66-son (2026) · 119–126-betlar

TRANSPORT VOSITALARIDA EKSTREMISTIK MATERIALLARNI TARQATISHGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI MA’MURIY-OGOHLANTIRUV CHORALARI

Xomidov, Tursinali

DOI: 10.70413/yo-v4-i66-56583 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada transport vositalarida ekstremistik materiallarni tarqatishga qarshi kurashish sohasida qo‘llaniladigan ma’muriy-ogohlantiruv choralarining huquqiy tabiati, tizimi va qo‘llanilish muammolari tadqiq etilgan. Ma’muriy-ogohlantiruv choralarining majburlov unsuriga ega va majburlovsiz turlarga tabaqalanishi asoslanib, transport vositalarida ekstremizmga qarshi kurashishning ma’muriy-huquqiy mexanizmi hamda transportdagi ekstremistik ta’sir obyekti tushunchalarining mualliflik ta’riflari taklif etilgan. Ko‘rikdan o‘tkazish, kirish va hududiy rejim, videokuzatuv va identifikatsiya, rasmiy ogohlantirish, profilaktik suhbat va profilaktik hisobga olish institutlarining normativ asoslari hamda huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolari ochib berilgan. Xalqaro standartlar va xorijiy tadqiqotlar asosida milliy profilaktika modelini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.

ma’muriy-ogohlantiruv choralari, ekstremistik material, ko‘rikdan o‘tkazish, videokuzatuv, rasmiy ogohlantirish, profilaktik suhbat, profilaktik hisobga olish, transport xavfsizligi, jamoat xavfsizligi, profilaktika.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.