Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 3-jild 11-son (2023) · 56–61-betlar

UCH SHOXLI NERV SHIKASTLANISHIDA DAVOLASH TAMOYILLARINING QIYOSIY BAHOSI

Shomurodov, Qahramon, Xamatov, Erkin

DOI: 10.5281/zenodo.10088093 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda jarohat va baxtsiz hodisalar chastotasi o‘limga olib keladigan sabablar orasida yurak-qon tomir va o‘sma kasalliklaridan keyingi uchinchi o‘rinni egallagan. Aholining nogironligi omillari va ishlash layoqatini vaqtincha yo‘qotish tuzilmasida esa ikkinchi pog‘onada turadi. Tadqiqot maqsadi yuz suyaklari sinishlarida uch shoxli nerv tolalarini zararlanish darajasi va og‘irligiga qarab davolashning turli usullarini qiyosiy baholash. Og’irlik darajalariga ko‘ra yuz-suyaklari sinishlari asab-qon tomir tutamlarining jarohatlarida “Neyromedin” dori vositasilari ta’sirini qonda mielin oqsili ko‘rsatkichlari xolatiga ko‘ra davo samaradorligini taxlil  qiladigan bo‘lsak, klinik va funksional tadqiqotlar natijalari yuz-jag‘ sohasining uch shoxli nerv periferik tarmoqlari shikastlanishi bilan kechadigan sinishlarini kompleks davolash asab tolalarining sensor va motor faoliyatini tiklash bo‘yicha ijobiy natijalarni shakllantirishda samarali ekani, shuningdek, an’anaviy terapiya bilan taqqoslaganda, suyak bo‘laklarining tezroq birikishiga xizmat qilishini namoyish etdi.

Uch shoxli nerv, jag’ suyagi sinishi, elektroortodontiya (EOD), yuz-jag‘ sohasi (YuJS), diadinamik elektroneyrostimulyatsiya (DD-ENS).

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.