Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 3-jild 11-son (2023) · 62–67-betlar
KESARCHA KESISH OPERATSIYASIDAN KEYINGI REABILITATSIYANING SAMARADORLIGI
Kurbaniyazova, Venera, Xudoyarova, Dildora
DOI: 10.5281/zenodo.10088095 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Butun dunyoda har yili kesarcha kesishlar soni ortib bormoqda. Tadqiqotning maqsadi homiladorlik va tugʼruqning keyingi natijalarini yaxshilash uchun kesarcha kesishdan soʼng ayollarning holatini klinik baholash uchun operatsiyadan keyingi davrda reabilitatsiya usullarini ishlab chiqish. Tadqiqotda 103 nafar ayollar 2020-2022 yillarda SamDTU ko'p tarmoqli klinikasi akusherlik bo'limi negizida o’rganildi. Asosiy guruh ayollariga tug’ruqdan keyingi davrda reabilitatsiya kompleks chora-tadbirlari qo’llanildi. Keyingi homiladorlik va tugʼruq natijalarini yaxshilash maqsadida reabilitatsiya muolajalari (magnit terapiyasi va ultratovush terapiyasi) qoʼllanildi, buning natijasida ayollarning umumiy ahvolining tez tiklanishi, kollagenning XXVI tipi miqdorining asosiy guruhda 20% oshishi, UTT maʼlumotlariga koʼra operatsiyadan keyingi sohasining 2 marta tez tiklanishi qayd etildi.
reabilitatsiya, bachadon chandig'i, kesarcha kesish (KK), XXVI tipdagi kollagen, magnitoterapiya, ultratovush terapiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.