Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 3-jild 11-son (2023) · 139–143-betlar
TIBBIYOTDA ULTRA VA INFRATOVUSHDAN FOYDALANISH
Bahramov, Rustam, Nasrullayeva, Bahora, Ergashev, Xaydarbek, Ravshanova, Durdona, Mardonkulova, Shahzoda
DOI: 10.5281/zenodo.10219266 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Biz atrofimizdagi asosiy ma`lumotlarni eshitish va ko`rish organlari orqali qabul qilamiz. Ikkala holda ham biz ob`ektlar haqida ma`lumotlarni ular bilan jismoniy kontaktsiz olamiz. Tovush va yorug`lik turli fizik hodisalar bo`lishiga qaramay, ularning har ikkisi ham to`lqindir. To`lqinlar tomonidan tashiladigan energiya bizning sensor mexanizmlarimizni qo`zg`atadi. Tovushning eng asosiy mohiyati shundaki, u ham yorug`lik kabi axborot manbai hisoblanadi. Tabiat tovushlari, atrofimizdagi odamlarning gaplari, ishlab turgan mashinalarning shovqini bizga ko`p ma`lumotlarni beradi. Tabiiyki, tovush odam ichki organlarining holati to`g`risida ma`lumot beruvchi manba ham bo`lishi mumkin.
Akustika, auskultatsiya, auskultatsiya perkussiya, ultratovush, infratovush.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.