Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 3-jild 12-son (2023) · 58–62-betlar

JIGAR ALKOGOLSIZ YOG‘ KASALLIGINI TASHXISLASHDA MIKRORNK NING AHAMIYATI

Parpiboyeva, Dinora, Musayeva, Muharram

DOI: 10.5281/zenodo.10393899 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Hozirgi kunda jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi sog'liqni saqlash tizimining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda tibbiyotda qo'llaniladigan yangi diagnostika usullari va dori vositalari kashf etilganiga qaramay, JAYKning etiopatogenezi, diagnostikasi, davolash va oldini olish bo'yicha hal qilinmagan ko'plab masalalar mavjud. Jigar alkogolsiz yog‘ kasalligini davolashning asosiy maqsadi kasallikning keyingi bosqichlariga rivojlanishining oldini olish bo'lishi kerak. Klinika amaliyotida ishlatiladigan asosiy jigar testlari kasallik uchun spetsifik emas  va har doim ham gistologik o'zgarishlar (jarohatlanish, yallig'lanish, fibroz) haqida aniq ma’lumot bera olmaydi, biopsiya esa jigar kasalliklari  diagnostikasida "oltin standart" hisoblanib, JAYK ida kasallikning rivojlanish bosqichlarini, terapevtik ta'sirning samaradorligini belgilaydi. Ushbu maqolada biz klinik amaliyotda JAYK va jigar fibrozi diagnostikasi uchun ishlatiladigan invaziv bo'lmagan biomarkerlar haqida to'xtalib o'tamiz. MikroRNK ning jigar alkogolsiz yog‘ kasalligining rivojlanishidagi potentsial roli muhokama qilinadi.

Jigar alkogolsiz yog‘ kasalligi, jigar steatozi, jigar alkogolsiz steatogepatiti, biomarker, mikroRNK 34.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.