Eurasian Journal of Academic Research 3-jild 12-son (2023) · 7–11-betlar

EKOLOGIYA SOXASIDA VAKOLATLI BOSHQARUV ORGANLARI FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI MISOLIDA

Alloberdiyeva, Durdona

DOI: 10.5281/zenodo.10279271 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada Ekologiya soxasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish borasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasining qiyosiy-huquqiy tahlili, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish zarurati borasida mahalliy va xorijlik huquqshunos olimlarning fikrlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari tizimini optimallashtirish masalasi xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida yoritib berilgan. Shu bilan birga, davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilgan. Xususan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasida amalda bo‘lgan qonunchilik asosida mamlakatimizda ham davlat ekologik nazoratini amalga oshirish vakolatini yagona davlat boshqaruv organiga berish masalasi tahlil qilingan.

Davlat ekologik nazorati, maxsus vakolatli davlat organlari, atrof-muhit, moratoriy, ekologik muammolar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.